
Kul solingan urnalar egalarini izlaş - bu tokiolik politsiyaçilarning kundalik bölmasa-da, tez-tez uçraydigan vazifasi. 2017 yilda maxsus Bankyo tumani tergovçilari qandaydir sabablarga köra qarindoşlarining kulini qoldirgan 10 kişini qidirişdi. Umuman olganda, patrul xizmatlariga urnalarsiz ham iş yetarli.
Barça egasiz buyumlar egalarini kutayotgan Tokio omborxonasi 660 kvadrat metrni egallagan. 2018 yilning aprelida u yerda yuz minglab predmetlar bölgan, biroq omborxona rahbari Syodzi Okubo iyun oyida yomğirlar boşlanişi bilan xona köpinça yöqotilgan buyumlar - soyabonlar bilan tölişini aytadi. Tokio omborxonasining içki "oşxonasi" va uning faoliyati haqida u The Japan Times naşriga sözlab berdi.
Egalarini kutib
2016 yilda poytaxt politsiyasi 380 mingdan ortiq soyabonni öz egalariga qaytardi, yomğirli kunda şahar köçalaridan örtaça 3 mingtagaça egasiz soyabon topiladi. Ularning har biriga qayerda va qaçon topilgani haqidagi ma'lumot yozilgan yorliq yopiştiriladi, söngra omborxonaga yöllanadi.
2018 yilning bahori oxirida 900 mingga yaqin turli predmetlar (hamyonlardan tortib to smartfonlargaça) markazda öz egalarini kutardi. Biroq Yaponiya uçun bu raqamlar u qadar katta emas — politsiya 2015 yil uçun mamlakat böylab 26 millionta yöqolgan buyumni topdi, bu hali pullarni hisoblamagandagi körsatkiç.
2016 yilda birgina Tokioning özida yöqolgan buyumlar soni 3,83 millionni taşkil qildi. Bu 1997 yilga qaraganda deyarli ikki millionga köp. Politsiya asosan haydovçilik guvohnomalari va bank kartalarini, şuningdek poyezd çiptalari, kiyim-keçak va poyabzallarni qaytargan. Pullarga keladigan bölsak, 2017 yil davomida umumiy hisobda 3,67 milliard yyen (33,5 million dollar) egalariga qaytarilgan.

Yöqotilgan predmetlar soni yil sayin sekin-asta, lekin töğri yönalişda ösib bormoqda, şu bois hukumat Tokioning Bunkyo tumanidagi omborxonani kengaytiriş uçun byudjyetdan mablağ ajratmoqda. Okbuo kun kelib modernizatsiya qilingan omborxona ham tölişi mumkinligini tan oladi, çunki yöqotilgan buyumlar egalarini izlaş - qiyin iş.
Predmet omborxonada röyxatdan ötkazilgandan söng işçilar buyumdan foydali ma'lumotni izlab, uning egasini aniqlaşga harakat qilişyapti. Agar bu telefon bölsa, u holda tergovçilar uning içidagi raqamlarga qönğiroq qilib çiqişadi - xodimlar kuniga örtaça 250 qönğiroqni amalga oşirişadi. Ba'zan omborxonaga xorijga çiqiş pasporti ham kelib tuşadi va bunday holatlarda politsiya uni elçixonalarga olib boradi.













