Bugun, 20 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov uç nafar örinbosari bilan birga işdan olindi.
Uluğbek Inoyatov mazkur lavozimda 2013 yildan buyon işlab kelayotgandi. U 2017 yil fevralida Şaxmat federatsiyasiga ham rahbar bölgandi.
Qiziği şundaki, işdan böşatilgani e'lon qilingan vaqtda vazir Samarqand şahrida boşlangan umumta'lim maktabi öquvçilari örtasida fizika va astronomiya fanlaridan Mirzo Uluğbek nomidagi xalqaro olimpiadaning oçiliş marosimida iştirok etayotgandi. U Xalq ta'limi vaziri sifatida tadbirda sözga çiqdi.


Ayni vaqtda sobiq vazir va uning örinbosarlarining keyingi faoliyati haqida ma'lumotlar yöq.
Bugundan Samarqand şahrida ilk marotaba umumiy örta ta'lim maktablarining fizika va astronomiya fanlaridan Mirzo Uluğbek nomidagi xalqaro olimpiada boşlandi. Unda Turkmaniston, Qozoğiston va Qirğiziston vakillari ham iştirok etmoqda.










