2018 yilgi jahon çempionati guruh bosqiçi doirasida S guruhida Daniya Avstraliyaga qarşi öynadi. «Samara Arena» stadionida keçgan uçraşuv — 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Öyinning 7-daqiqasida yarim himoyaçi Kristian Eriksen daniyaliklarni hisobda oldinga olib çiqdi, birinçi bölim oxirida Mayl Yedinak penaltidan hisobni tenglaştirdi. Öyinda şu hisob saqlanib qoldi.

Şu tariqa, S guruhida ikki turdan keyin Daniya 4 oçko töplagan holda birinçi örinda, avstraliyaliklar hisobida — bir oçko.

S guruhida oxirgi turda Daniya Fransiyaga qarşi öynaydi, avstraliyaliklar Peruga qarşi maydonga çiqadi.

JÇ-2018
S guruhi
Daniya – Avstraliya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 7 Eriksen, 1:1 – 38, penalti Yedinak.
Daniya – Şmeyxel, Ker, Larsen, Dalsgor, Kristensen, Şene, Dileyni, Eriksen, Sisto, Yorgensen (Kornelius, 68), Poulsen (Breytueyt, 59).
Avstraliya – Rayan, Seynsberi, Bexiç, Risdon, Milligan, Lekki, Yedinak, Muy, Rogiç (Irvayn, 82), Kruz (Arzani, 68), Nebbaut (Yuriç, 75).
Ogohlantirişlar: Poulsen (37), Sisto (84).