Özbekiston Respublikasi prezidenti «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Hujjat bilan Universitetning Boşqaruv instituti va Diplomatik kurslari tugatildi hamda ularning negizida Universitet huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölgan Oliy diplomatiya maktabi taşkil etildi.

Quyidagilar Oliy maktabning asosiy vazifalari etib belgilandi:

şartnoma asosida qisqa yoki uzoq muddatli öquv kurslarini ötkaziş orqali Taşqi işlar va Taşqi savdo vazirliklari xodimlarini, taşqi siyosiy hamda taşqi iqtisodiy faoliyatga jalb etilgan boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat taşkilotlari hamda nodavlat taşkilotlar xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;

respublikaning taşqi siyosiy hamda taşqi iqtisodiy faoliyatini amalga oşirişga jalb etilgan xodimlar xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro huquq va huquqiy siyosat, jahon tarixi va madaniyati, şu jumladan, taşrif buyurişi mumkin bölgan mamlakatlar tarixi va madaniyati sohasida çuqur va har tomonlama bilimlarga, muzokaralar yuritiş, har qanday şaroitda puxta öylangan va pragmatik qarorlar qabul qiliş könikmalariga ega bölişi, davlat va çet tillarini yuksak darajada egallaşi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş;

Universitetning ta'lim yönalişlari böyiça oliy ta'lim muassasalarining ilmiy-pedagogik kadrlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça doimiy amal qiladigan kurslarni taşkil etiş.

Oliy maktab Universitetning ta'lim yönalişlari böyiça tölov-kontrakt asosida biznes-ma'muriyatçiligi yillik dasturlari (MVA) doirasida magistrlar tayyorlaşni amalga oşirişi belgilab qöyildi.