Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 21 iyun kuni tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş holati, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va özlaştiriş natijalari tahliliga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. 

Prezident Farğona viloyati hokimi faoliyatidan norozi ekanini aytib ötdi.

«Farğona viloyati hokimidan nima uçun noroziman. Uning yoniga ikki odamimni olib borib qöydim. Akmal Ortiqovni, Teşayevni (Iqtisodiyot vaziri örinbosari Akmalxon Jöraxonoviç Ortiqov viloyat hokimi Şuhrat Ğaniyevga birinçi örinbosar, sobiq Qişloq xöjaligi vaziri Şuhrat Jöraquloviç Teşayev qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosar etib tayinlandi - tahr.) Keçirasizlaru, Farğona viloyati hokimi - katta bir kolxoz raisidek. Men bunday odam bilan islohot qila olmayman. Qila olmayman.

Mana, Erkin (Surxondaryo viloyati hokimi Erkin Turdimov) 70 million dollarlik şartnoma tuzib keldi. Kelgusida bundan ham katta şartnomalar, 300, 400, 500 million dollarlik şartnomalar kerak. Hamma viloyat hokimi şunday işlasa, özgariş böladi.

Şu vaqtgaça hokimlar davlat bergan pulni investitsiya deb öylaşdi. Bu investitsiya emas. Berilgan pulning ham 30 foizini öğirlab keldi, şuning uçun hozirgi ahvolga tuşdik», deya prezidentning sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.