Rossiyada jahon çempionati öyinlari davom etmoqda.

S guruhida Fransiya va Peru terma jamoalari bellaşdi. Öyin taqdirini birinçi bölimda urilgan gol hal qildi.

34-daqiqada Jiru darvoza tomon zarba yöllaganida, darvozabon töpni qaytara olmadi va u Mbappega kelib tuşdi. Yoş hujumçi esa uni böş qolgan darvozaga kiritdi.

Bu ğalabadan söng, Fransiya 6 oçko jamğarib, 1/8 finalga yöl oldi. Har ikkala öyinni yutqazgan Peru esa 3-turdan söng, uyiga ravona böladi.

JÇ-2018, S guruhi
Fransiya – Peru 1:0 (1:0, 0:0)
21 iyun, «Yekaterinburg-Arena» 
Gol: 1:0 – 34 Mbappe. 
Fransiya – Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Pogba (Nzonzi, 89), Kante, Matyuidi, Grizmann (Fekir, 80), Jiru, Mbappe (Dembele, 75).
Peru – Galese, Ramos, Trauko, Advinkula, Rodriges (Santamariya, 46), Kueva (Ruidias, 82), Yotun (Farfan, 46), Flores, Akino, Karrilo, Gerrero.
Ogohlantirişlar: Matyuidi (16), Gerrero (23), Akino (81), Pogba (86).