Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasini joriy etiş doirasida krossoverlar va avtobuslar negizida mobil ştablarga ega böladi. Bu haqda juma kuni taşkil etilgan brifingda Içki işlar boş boşqarmasi boşliğining örinbosari - jamoat tartibini saqlaş böyiça xizmat boşliği Azizxon Umarxonov ma'lum qildi, deb yozyapti Gazeta.uz.

Joriy yilning oxiriga qadar patrul-post va yöl-patrul xizmatlari avtomobil parkini qayta jihozlaşning birinçi bosqiçi uçun 50ta Chevrolet Tracker avtomobili qabul qilib olinişi kutilmoqda. «Buni şahar imijini yaxşilaş sifatida köriş mumkin», - dedi Azizxon Umarxonov.

Mobil aloqa markazlarining faoliyat yuritiş va jamoat tartibini saqlaş kuçlarini muvofiqlaştiriş amaliyoti joriy etiladi, ular içki işlar bölimlari xizmat körsatadigan hududga biriktiriladi. Buning uçun 80ta maxsus jihozlangan Isuzu avtobuslari ajratiladi.

«Mobil markazlarda videokuzatuv kameralari örnatiladi, ularda avtomobillar raqamlari va yuzlarni aniqlaş imkoniyati böladi. Uşbu «aqlli avtobuslar» voqea joyiga boradi, u yerda mini-ştab taşkil etiladi», - deya xabar berdi IIBB boşliğining örinbosari. 

Avtobuslar ommaviy tadbirlar vaqtida ham qöllaniladi, biroq u odamlarni uçastkaga olib boriş uçun foydalanilmaydi, deya ta'kidladi u. Azizxon Umarxonov ijtimoiy tarmoqlarda bunday yangilanişlar komendantlik soati joriy etilişi bilan taqqoslangan ma'lumotlarni rad etdi.