JÇ-2018 guruh bosqiçida oçkolar teng kelib qolsa, jamoalarning örni qanday aniqlanadi?
Jahon çempionati FIFA qaramoğidagi musobaqa bölib, oçkolar teng kelib qolganda, quyidagi körsatkiçlar hisoblanadi:
1. Töplar nisbati
2. Urilgan gollar soni
3. Özaro öyindagi natija
Agar bu körsatkiçlar ham teng kelsa, u holda «feyr pley» jarima oçkolari inobatga olinadi:
- har bir sariq karta - 1 oçko,
- ikkinçi sariq karta tufayli maydondan çetlatiş - 3 oçko,
- «töğridan-töğri» qizil karta - 4 oçko,
- bir futbolçida sariq karta + «töğridan-töğri» qizil karta - 5 oçko.
Kimda «feyr pley» oçkolari kamroq bölsa, öşa terma jamoa yuqori örinni egallaydi.
Agar bu körsatkiçlar ham teng kelib qolsa, u holda yuqori örin sohibi qur'a taşlaş orqali aniqlanadi.












