22 iyun kuni Kun.uz'da çop etilgan "Toşkentda iş qidirib, bekatda tunaşga majbur bölgan ayol" nomli maqolasi yuzasidan Özbekiston Xotin-qizlar qömitasining Facebook'dagi sahifasida izoh berildi. 

Unda ma'lum qilinişiça, Respublika Xotin-qizlar qömitasi taşabbusi bilan maqola qahramoni Zuhra Matqulovani topiş va uning şaxsini aniqlaş, şuningdek muammolarini hal etiş maqsadida tezkor çora-tadbirlar amalga oşirilgan. 

Ayolni topişda Toşkent şahar IIBB xodimlari amaliy yordam körsatişgan. 

Foto: Facebook /O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi

Tezkor qidiruv jarayonida ma'lum bölişiça, Matqulova Toşkent şahrining Yaşnobod tumani hududida bemaqsad yurgan, uning yonida şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari ham bölmagan. Şu sababli ayol aniq yaşaş va maşğulot turiga ega bölmagan şaxslar uçun taşkil etilgan Reabilitatsiya markaziga joylaştirilgan. 

Foto: Facebook /O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi

Ma'lumotlarga köra, Zuhra Matqulova şu kunga qadar bu markazga uç marta - 2017 yilning avgusti va oktabrida hamda 2018 yilning iyunida olib kelingan. 

23 iyun kuni Namangan viloyati Çust tumani xotin-qizlar qömitasi raisi Mamlakat Abdurahimova Zuhra Matqulovani doimiy yaşaş joyi, öz oilasi bağriga olib ketiş uçun Toşkent şahriga yetib kelgan. Namangan viloyati Xotin-qizlar qömitasi, Çust tumani hokimligining sa'y-harakatlari bilan Matqulovaning oilaviy şaroitlari örganilib, uni yaxşilaş böyiça çoralar körildi. Ayolning turmuş örtoği bilan munosabatlarini soğlomlaştiriş, bandligini ta'minlaş işlari taşkil etildi. 

Foto: Facebook /O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi
Foto: Facebook /O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi
Foto: Facebook /O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi

Manbada yaqin kunlarda Zuhra Matqulova haqida yanada batafsil ma'lumot berişga va'da qilingan.