Dunyoning turli şaharlaridagi xorijiy mutaxassislar uçun turmuş darajasini örganiş bilan şuğullanuvçi Mercer tahlil kompaniyasi 2018 yilning eng qimmat şaharlari reytingini taqdim etdi. Mercer ekspatlar uçun turmuş darajasi narxiga uy-joy, transport, oziq-ovqat mahsulotlari, maişiy tovarlar bilan boğliq xarajatlarni kiritadi.

Foto: Getty images

Reytingda Osiyo megapolislari yetakçilik qilmoqda: birinçi örinni Honkong egalladi, ikkinçi örinda esa Tokio qayd etilgan. Xorijiy mutaxassislar uçun turmuş bahosi böyiça yetakçilar uçligiga Yevropadagi Tsyurix şahri ham kiritildi. Ilk öntalikdan Şveytsariyaning yana bir şahri ham örin olgan: Bern töqqizinçi örinni egallagan.

Amerika şaharlari örtasida ekspatlar uçun eng qimmat şahar sifatida Nyu-York e'tirof etildi (13-örin), Rossiya şaharlaridan esa - Moskva (17-örin).

Eng qimmat şaharlar top-10 reytingi:

1.   Honkong (Honkong maxsus ma'muriy tumani);

2.   Tokio (Yaponiya);

3.   Tsyurix (Şveytsariya);

4.   Singapur;

5.   Seul (Janubiy Koreya);

6.   Luanda (Angola);

7.   Şanxay (Xitoy);

8.   Ndjamena (Çad);

9.   Pekin (Xitoy);

10.Bern (Şveytsariya).

Ekspatlar uçun eng arzon şahar sifatida Toşkent şahri e'tirof etilgan. Mercer tahlilçilari reyting tuzişda 209 şaharni baholaşgan.