Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilinib, unga köra soliq organlari soliq tölovçilarning biznes–hamkori va maslahatçisi, ularga servis xizmatlari körsatuvçi davlat organiga aylantirildi.
Davlat soliq qömitasi Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi xabariga köra, mazkur qarorga asosan Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasining Çakana savdo va xizmat körsatiş sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qiliş boş boşqarmasi hamda uning hududiy bölinmalari faoliyati tugatilib, ularda işlaydigan jami 1245 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilindi.
Ma'lumki, bundan bir neça kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Davlat soliq qömitasining hududiy davlat soliq organlariga yuborilgan, Soliq organlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga aralaşiş va barça soliq tekşiruvlari ta'qiqlanişi töğrisidagi maxsus topşiriği tarqalgan edi.
Bunday turdagi nazorat tadbirlarini ötkaziş aynan faoliyati tugatilgan tuzilma vakolatiga kirar edi. Şuning uçun Davlat soliq qömitasi tadbirkorlik sub'yektlari manfaatlarini himoya qiliş, davlat soliq xizmati organlaridagi ayrim nopok xodimlar tomonidan korruptsion harakatlar sodir etilişining oldini oliş maqsadida maxsus topşiriq yuborilgan.

















