Bu sodir böldi. Men öşa Germaniya ikkita bölgan paytdan beri futbol köraman va umrimda birinçi marta nemislarning guruh bosqiçidan öta olmaganliklarini kördim. Bilasizmi, Germaniya - Braziliya örtasidagi nimçorak final juda ham qiziq bölişi mumkin bölsa-da, bu biz körgan voqea öşa öyindan ham kamyob va katta voqea. Yuz yilda bir sodir böladi. Ya'ni deyarli heç qaçon. 

Ötgan mundialda Ispaniya terma jamoasi guruhdan çiqa olmagan, hatto Niderlandiyaga yirik 1:5 hisobida mağlubiyatga uçragandi. Undan tört yil oldin jahon çempioni sifatida taşrif buyurgan italiyaliklar Slovakiya, Yangi Zelandiya va Paragvaydan taşkil topgan JÇ tarixidagi eng oson guruhlardan birini muvaffaqiyatsiz yakunlagan. Osiyoda ötgan jahon çempionatini Fransiya Senegaldan mağlubiyat bilan boşlab, keyingi öyinlarda ham birorta ham gol ura olmay uyga ravona bölgandi. 

Nemislar ilk öyinda Meksikadan yutqazgaç, tabiiy ravişda, mana şu - çempionlarning keyingi turnirni öta muvaffaqiyatsiz ötkaziş an'anasi köp eslangan bölsa-da, baribir, tan oling, Germaniya terma jamoasining kuçi, tarkibi, salobati köproq, JÇ-2010 ni mağlubiyat bilan boşlab, keyinçalik, çempion bölgan Ispaniyani köproq tilga olişga majbur qilgandi. Özi şunaqa böladi, kuçli jamoalarning muvaffaqiyatsizligini qabul qiliş doim qiyin. Na öta ma'nosiz öyin, na omadsizlik bizni çalğitadi, baribir nimadir bölib, öşa biz bilgan, oqibatda ğalaba qozonadigan nemislarning çiqib kelişini kutaveramiz. Faqat hakam huştagigina Germaniyani uyga yuborişga qodir, faqat mana şu huştak ovozigina bizni voqeani butun dahşati bilan his qilişga majbur qila oladi xolos.

Öqiganmisiz, yöqmi, turnir boşlanmasdan oldin, "Kim nega çempion böla olmaydi?" sarlavhasi ostida maqola yozgandim, har bir favoritni tilga olgan holda, öşa jamoa nimaning hisobiga yutqazişi mumkinligi haqida fikr yuritib körgandim. Yaxşi bölgan ekan, endi heç kim menga "yovdan keyingi botirdek, yutqazgandan keyin muammolarini yoziş osonda" deb e'tiroz qilavermaydi, öşa qoralamani yonimga olib, navbati bilan çiqib ketayotgan favoritlar haqida yozaveraman, zörmi?

Xullas, Lev Tolstoyning "Anna Karenina"sidagi dastlabki jumlalar - "Har baxtli oila bir bir biriga öxşaydi, har bir baxtsiz oila esa, öz holiça baxtsiz" iborasi futbolda biroz teskari amal qiladi. Kuçli jamoalar öz holiça farqli öyin körsatişadi, kuçsizlar esa, bir-biriga öxşaydilar, töğrimi? Keling, avval nemislarning öşa kuçsiz çempionlar bilan öxşaş jihatlarini qidiramiz.