Samarqand şahrida 27 iyun — matbaa va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nişonlandi.

Samarqand şahar hokimligi binosida bölib ötgan tantanali yiğilişda şahar hokimi F.Rahimov soha xodimlarini muborakbod etib, yil böyi jonbozlik körsatgan jurnalistlarga şahar hokimligining taşakkurnomasi va esdalik sovğalarini topşirdi.

Şundan söng viloyatdagi barça jurnalistlar va matbaaçilar Alişer Navoiy nomidagi markaziy istirohat boğida özbek adabiy tilining asosçisi Mir Alişer Navoiy haykali poyiga gullar qöyişdi.

Şahardagi «Mö'jiza» tantanalar saroyida bölib ötgan tadbirning tantanali qismida viloyat hokimi Turobjon Jörayev sözga çiqib, soha xodimlarini qizğin tabrikladi.

«Viloyat hokimi sifatida jurnalist, umuman, ijodkor mehnatini doimo qadrlayman. Zero, haqiqiy jurnalistdagi zakovat, iqtidor, halollik va odillik hamişa boşqalarga ibrat bölib kelgan», dedi öz tabrigida T.Jörayev.

«Keyingi yillarda Kun.uz, Xabar.uz, Zarnews.uz, Nuz.uz, Daryo.uz va boşqa şu kabi ommabop internet naşrlari ham viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini xolis yoritib kelayotganiga barçamiz guvoh bölmoqdamiz», deya viloyat hokimi öz tabrik sözida internet-naşrlarning faoliyatini ham yuqori baholadi.

Şundan söng jurnalistlar va matbaaçilarga viloyat hokimining faxriy yorliği, viloyatda ötkazilgan «Yilning eng faol jurnalisti» tanlovi ğoliblariga esdalik sovğalar va diplomlar, Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasining faxriy yorliqlari öz egalariga topşirildi. Turli nominatsiyalar böyiça ğolib bölgan jurnalistlar ham diplom va esdalik sovğalari sohibi bölişdi.