Samarqand viloyati IIB jinoyatçilikning oldini oliş, jinoyatlarni issiq izidan oçiş va foş etiş, ommaviy tartibsizliklar va boşqa maxsus tadbirlarda foydalanişdagi samaradorligini tahlil qiliş, viloyat içki işlar organlari tizimida innovatsion texnologiyalarni qöllaş böyiça körsatkiçlarini oşiriş, rivojlangan mamlakatlarning ilğor tajribalarini amaliyotga joriy etiş maqsadida uçuvçisiz boşqariladigan zamonaviy «Dron» texnologiyasidan tajriba tariqasida foydalanişni yölga qöydi.

Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Viloyat IIB drondan asosan qöyidagi yönalişlarda foydalanişni yölga qöymoqda:
- uçuvçisiz boşqariladigan texnologiyadan hodisa sodir bölgan joyga tergov-tezkor guruhidan oldin yetib borişi natijasida, jinoyat davom etayotgan obektda qança jinoyatçi borligi, ularning qay holatda va qayerda turganligi, jinoyatçilar tomonidan kimlarni garovda uşlab turganligi, jinoyatçilar qanaqa qurollar bilan qurollanganligi va boşqa şu kabi tergov-tezkor guruhiga zarur ma'lumotlarni tezkorlikda onlayn rejimida köriş imkoniyatini yaratişda;
- toğli va boşqa harakatlaniş noqulay hududlarda narkotik vositalar hamda kontrabanda mahsulotlarini olib kirilişini va boşqa şu kabi jinoiy holatlarni aniqlaş, zarur ma'lumotlar va dalillarni töplaşda;
- «Qoradori» tadbirlarini ötkaziş çoğida iqtisodiy xarajatlarni kamaytiriş, vertolyot va boşqa şu kabi, köp sarf-xarajatlar talab qiluvçi qurilmalar örniga qöllab, iş samaradorligini va tejamkorligini oşirişda;
- ommaviy tadbirlar, jumladan, turli xil sayillar, ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan turli xil namoyişlarni onlayn kuzatib boriş, nazorat qiliş hamda bu böyiça tezkor va aniq qarorlar qabul qilişda;
- hududlarda sodir bölgan yirik yonğinlarni öçirişda uçuvçisiz moslama yordamida olingan ma'lumotlarga tayanib, yonayotgan obekt töğrisida töliq ma'lumot oliş va şu asosida kuç vositalarni töğri taqsimlaş, yönaltiriş, öt öçiriş moslamalarini birinçi bölib, qayerda işlatiş va boşqa şu kabilarda;
- huquqbuzarliklar profilaktikasi va huquqiy tarğibot işlarini ta'sirçanligi va samaradorligini oşiriş, zamonaviy körinişda amalga oşirişda;
- içki işlar organlarining matbuot xizmatlari faoliyatida foydalanişda.
Bundan taşqari, viloyat IIB boşqa yönalişlarda ham uçuvçisiz qurilmaning imkoniyatlarini tekşirib körmoqda.











