Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Toşkent şahrining Olmazor tumaniga taşrif buyurib, “Ibrohim ota” mahallasida amalga oşirilayotgan quriliş va obodonlaştiriş işlari bilan tanişdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uşbu mahallada 19 ta ikki qavatli va 4 ta tört qavatli uy joylaşgan. Ular 1960-yillarda qurilgan bölib, bugungi kunda ta'mirtalab bölib qolgan. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ham eskirgan.

Şu kabi mahallalar qiyofasini yangilaş maqsadida kuni keça “Obod mahalla” dasturi qabul qilindi. “Ibrohim ota” mahallasi ham mazkur dasturga kiritilgan. Unga muvofiq, barça köp qavatli uylar, köça va yölaklar ta'mirlanib, hudud obodonlaştirilmoqda. 7 ta ikki qavatli arzon uy-joy, zamonaviy maktabgaça ta'lim muassasasi qurilmoqda.

Şuningdek, namunaviy loyiha asosida mahalla guzari, kommunal tölovlar şoxobçasi, bolalar va sport maydonçalari barpo etilişi rejalaştirilgan.

Prezident uyma-uy yurib, har bir oilaning talab-istaklarini örganiş, muammosi bölsa yordam beriş, tadbirkorlarni jalb etib, işçi joylar yaratiş zarurligini ta'kidladi.

Bu yerdagi odamlarning ham bola-çaqasi, ertangi kundan umidlari bor. Mamlakatimizdagi özgarişlarni, qabul qilinayotgan dasturlar natijasini odamlar öz uyida sezişi kerak, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari mazkur mahalla faollari va aholi bilan suhbatlaşdi. Aholini iş bilan ta'minlaş, şaharu qişloqlarni obod qiliş, maktabgaça ta'lim va maktab ta'limini rivojlantiriş, yoşlarni yetuk insonlar etib tarbiyalaş borasidagi islohotlar mohiyati haqida muloqot böldi. «Obod qişloq», «Obod mahalla» va «Yoşlar - kelajagimiz» dasturlari aholi turmuş şaroitlarini yaxşilaş, yoşlarni qöllab-quvvatlaşga zamin bölişi ta'kidlandi.