Bugun, 30 iyun kuni Tatariston markazi - Qozonda keçadigan Fransiya va Argentina terma jamoalari örtasidagi uçraşuvda JÇ-2018 turnirining ilk çorak finalçisi aniqlanadi. 

Bugun nihoyat Messi haqiqiy öyinini namoyiş etadimi? Fransiya ham nihoyat çempionlik uçun jiddiy kuraş boşlaydimi? Kim kuçli - Yevropa vitse-çempionimi yoki Janubiy Amerikaning ikkinçi jamoasimi? Quyida uşbu terma jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz.

Foto: Sport Ekspress

1/8 finalga yöl
Argentina astoydil öynamoqda. Bu terma jamoa oxirgi turda Rossiya mundiali yöllanmasini qölga kiritgan, Lionel Messi Ekvador darvozasini 3 bor işğol etib, Xorxe Sampaoli va boşqalarni jahon çempionatiga olib çiqqandi. Jahon çempionati guruh bosqiçida ham argentinaliklar tuşunib bölmaydigan öyin körsatişdi. Oxirgi turda yana Messi Nigeriya darvozasiga gol urdi (ha bu hal qiluvçi gol bölmadi) va Argentina amallab pley-offga yöl oldi.

Frantsuzlar öz muxlislarining asab tolalarini özlarida qoldirgan. JÇ-2018 startida ikki ğalaba va natijasi ahamiyatsiz uçinçi turda Daniya bilan golsiz durang (bu hozirça turnirdagi yagona golsiz durang). Qayd etiş kerakki, Fransiya termasi turnirdan oldin asosiy favoritlardan biri sifatida körilayotgandi, agar bugun ular özlarini çempionlik uçun asosiy favoritlardan deb his qilişmasa, ularning boşiga ham Germaniyaning kuni tuşadi.

Yoşlikmi yoki tajriba?

Foto: Sport Ekspress

Kartalar oçilganda körişimiz mumkinki, fransuzlarning kuzirlari argentinaliklarnikidan kattaroq. Fransiyada butunlay yoşargan yangi avlod - hujum çiziği yoş yulduz futbolçilardan iborat. Avstraliyaga qarşi öyinda Deşam Fransiya tarixidagi eng yoş tarkibni maydonga tuşirdi, futbolçilarning örtaça yoşi öşa öyinda 24 yoşu 6 oyni taşkil etgandi. 

Argentina esa aksinça, bu safargi jahon çempionatiga yoşi ötgan futbolçilar tarkibi bilan kelgan - Nigeriya bilan öyinga Argentinaning öz tarixidagi eng qari tarkibi tuşirilgandi - 30 yoşu 189 kun. Lekin aytiş kerakki, bu terma jamoa oxirgi daqiqalarda katta kuç bilan oldinga taşlanişiga va ğalabani yulqib olişiga xalal bera olmadi. Çunki, bu ğalabaga bölgan iştiyoq haddan taşqari yuqori edi, lekin Fransiya Nigeriya emas, fransuzlar argentinaliklarni tezlikda ham, dadillikda ham va bardoşlilikda ham ortda qoldirişi mumkin. Lekin Messi bunga rozi bölarmikin? Qolaversa, tajriba ham öz sözini aytişi mumkin - argentinaliklar finallarga çiqişni qoyillatişadi. Ha, lekin ular finallarda faqat mağlub bölib kelişmoqda.