Milliy gvardiya faoliyatiga oid qonunchilikda o‘zgarishlar bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi» tashkil etildi. Shu munosabat bilan ham, bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasiga muvofiq, davlat bayrog‘ining doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining binolarida, majlislar zalida va Milliy gvardiya qo‘mondonining xizmat xonalarida bo‘lishi belgilandi.
Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri doimiy ravishda: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining binolarining old tomoniga; majlislar zallariga; O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining xizmat xonalariga joylashtiriladi. Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining muhrlari va hujjat blankalarida aks ettiriladi. Bu o‘zgartish va qo‘shimchalar Milliy gvardiyaning maqomini yana bir bor mustahkamlaydi.
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining maqomi, vakolatlari va vazifalari ayrim qonunlarda belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksining «Samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati» kursatilgan 4-moddasining uchinchi qismiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishga muvofiq Davlat aviatsiyasi faoliyati sohasidagi boshqaruv va nazoratni o‘z vakolatlari doirasida Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa organlar bilan birga Milliy gvardiyasi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Shu bilan birga, «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuniga, Jinoyat-protsessual kodeksiga, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, shuningdek, «Jasorat» medali to‘g‘risidagi nizom, «Sodiq xizmatlari uchun» medali to‘g‘risidagi nizom, «Shon-sharaf» ordeni to‘g‘risidagi nizomlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
Shuni qayd etish kerak, «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni Milliy gvardiyaning terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari belgilangan 9(1)-modda bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
terrorizmga qarshi kurashishda, huquq tartibotni, shuningdek jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlashda ishtirok etadi; terrorchilik harakatlarining oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadi; shuningdek boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Mavzuga oid
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
12:40 / 19.11.2024
2025 yilda tuman va shaharlar budjetlari 1,5 barobarga oshadi
12:27 / 19.11.2024
Mahalliy kengashlar har yarim yilda matbuot anjumani o‘tkazishi kerak - prezident
12:11 / 19.11.2024