Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi, Xalqaro Mehnat taşkilotining (XMT) Uçinçi tomon monitoringi loyihasi hamda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi hamkorlikda «Mehnat huquqlarini xolis yoritiş» mavzuida “Eng yaxşi jurnalistik işlar” tanloviga arizalar qabuli boşlaganini ma'lum qiladi. Bu haqda XMTning Özbekistondagi katta texnik maslahatçisi Yonas Astrup Toşkentda bölib ötgan anjuman doirasida e'lon qildi.

Foto: Xalkaro Press klub

Tanlovning asosiy maqsadi mehnat huquqlari himoyasi yönalişida Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar hamda majburiy mehnatning oldini olişga qaratilgan sa'y-harakatlarga bağişlangan eng yaxşi maqolalar mualliflarini aniqlaş hamda köllab-quvvatlaş hisoblanadi. Tanlov jurnalistlarning mehnat huquqlari mavzusini yoritişda faolligi hamda uşba masala yuzasidan aholi xabardorligini yanada oşirişga qaratilgan. 

Tanlovda quyidagi yönalişlar böyiça ötkaziladi:

-  Eng yaxşi tahliliy material (televideniye, radio, bosma va elektron OAV);
-  Eng yaxşi jurnalistik suriştiruv (televideniye, radio, bosma va elektron OAV);
-  Eng faol jurnalist (televideniye, radio, bosma va elektron OAV).

Tanlovda Özbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvçi OAVlarining ştatdagi yoki ştatdan taşqari jurnalistlari iştirok etişlari mumkin. Taqdim etiladigan materiallar 2017 yil 1 noyabridan 2018 yilning 1 noyabriga qadar bosma va elektron OAV yoki mahalliy televideniye yoxud radiokanallarda efirga uzatilgan bölişi zarur. Arizalar 2018 yilning 15 noyabriga qadar qabul qilinadi. 

Tanlovda iştirok etiş uçun mualliflar quyidagi ma'lumotlarni taqdim etişlari kerak böladi:

-  familiya, ismi va otasining ismi;
-  OAV nomi;
-  qöl va iş telefonlari;
-  elektron manzil;
-  maqola çop etilgan saytga havola yoki maqolaning skaner nusxasi, audio va video materiallar;
-  material çop etilgan (yoki efirga uzatilgan) vaqt. 

Barça işlar quyidagi elektron manzilga yuborilişi şart: