Qonunçilik palatasi deputatlari 9 sentabr kuni Senatning «Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunçilik taklifini körib çiqdi.

Qayd qilinişiça, uşbu loyiha iş taşlaş huquqini qonuniy tartibga solişni nazarda tutadi va milliy qonunçilikda böşliqni töldiriş orqali fuqarolarning mehnat huquqlarini xalqaro standartlarga muvofiq holda tölaqonli ta’minlaşga xizmat qiladi.

Ta’kidlanişiça, qonun loyihasining maqsadi — milliy qonunçilikni Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) «Birlaşmalar erkinligi va birlaşiş huquqini himoya qiliş töğrisida»gi va «Jamoa muzokaralarini olib boriş va birlaşiş huquqi töğrisida»gi konvensiyalari talablariga muvofiqlaştirişdan iborat. Bu, öz navbatida, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktda belgilangan me’yorlarni amalda röyobga çiqarişga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi 9 ta moddadan iborat bölib, u bilan 2 ta qonun, 4 ta kodeksga qator muhim özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. Jumladan, Mehnat kodeksiga iş taşlaşning aniq ta’rifi va tuşunçalari, uni ötkaziş tartib-taomillari, xodimlarga iş taşlaş jarayonida beriladigan kafolatlar belgilanmoqda.

Şuningdek, iş taşlaşning boşlanişini keçiktiriş, töxtatib turiş, tiklaş va tugatiş tartiblari hamda iş taşlaşga oid çeklovlar aniqlaştirilmoqda.

Qonun loyihasi milliy qonunçilikni xalqaro mehnat standartlariga töliq moslaştiriş, ijtimoiy adolat, tenglik va demokratik boşqaruv prinsiplarini amalda mustahkamlaşni nazarda tutadi.

Majlisda qonunçilik taklifi böyiça qaror loyihasi qabul qilindi.