Afğonistonning Nangarhor viloyati ma'muriy markazi hisoblangan Jalolobod şahrida viloyat gubernatori idorasi yaqinida sodir etilgan portlaşda 17 kişi halok böldi, 30 kişi yaralandi. Bu haqda 1TV telekanali ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, portlaş şaharga Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani kelişi arafasida sodir etilgan.
Ayni vaqtda birorta guruh uşbu portlaş uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.
30 iyunda Ğani “Tolibon” harakati bilan Ramazon oyi munosabati sabab kiritilgan yaraşuv tugagani, mamlakat qurolli kuçlarining jangarilarga qarşi amaliyotlari tiklanişini ma'lum qilgandi.

















