Ispaniya terma jamoasi yarim himoyaçisi Andres Inesta jahon çempionati 1/8 finalida Rossiyadan qabul qilingan mağlubiyatdan söng, terma jamoadan ketayotganini tasdiqladi. 

"Bu Ispaniya terma jamoasida sönggi öyinim edi. Milliy terma jamoadagi faoliyatning mö'jizali onlari oxiriga yetdi. Terma jamoa bilan xayrlaşiş xohlaganimdek bölmadi, biroq futbolda bunday holatlar bölib turadi", – dedi Inesta. 

34 yoşli Inesta Ispaniya terma jamoasi safida 2006 yildan buyon töp suradi. U terma jamoa safida 133ta öyin ötkazib, 13ta gol kiritgan. Andres terma jamoa bilan 2 marta Yevropa çempionatida (2008 va 2012) va 1 marta jahon çempionatida (2010) ğolib bölgan.