Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi o‘zgardi
Bugun, 2 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Nishon tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev qatnashdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.

Kun tartibida asosiy masala bo‘yicha tumanga rahbarlik qilib kelayotgan Asror Rustamovich Jo‘rayev o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga ayni paytgacha viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Muxtor Qo‘ldoshevich Hayitmurodov tayinlanganligi deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Hokim bilan birga tuman IIB boshlig‘i va tuman prokurori ishdan olingan.
Mavzuga oid

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?

09:49 / 15.02.2025