1 iyulda Meksikada umumiy saylovlar bölib ötmoqda. Meksikaliklar 2018 yil dekabrda lavozimiga kirişadigan yangi prezidentni 6 yillik muddatga saylaşmoqda. Şuningdek, senatorlar, deputatlar, şaharlar merlari, munitsipal deputatlar ham saylanadilar. 

Şu munosabat bilan mamlakatda 157 ming saylov uçastkasi faoliyat olib bormoqda. Ma'lum qilinişiça, mamlakatda 89,3 mln odam saylaş huquqiga ega.  

Meksika prezidenti lavozimiga 4 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Ular: “Birgalikda tarixni yaratamiz” koalitsiyasidan nomzod Andres Manuel Lopes Obrador, “Barçasi Meksika uçun” koalitsiyasi nomzodi Xose Antonio Mid, “Meksika uçun fuqarolik fronti” koalitsiyasi nomzodi Rikardo Anayya va mustaqil nomzod, Nuevo-Leon ştatining sobiq gubernatori Xayme Rodriges Kalderon.

Oxirgi ijtimoiy sörovlarga köra, prezident lavozimi uçun kuraşda Lopes Obrador ğalaba qiliş uçun köproq imkoniyatga ega. Bu uning uçinçi saylov kampaniyasi hisoblanadi.

Prezident saylovlari bir turdan iborat bölib, eng köp ovoz töplagan nomzod ğolib böladi. Saylovlar borişini Meksika partiyalarining 2,7 mlnga yaqin vakili, 30 mingga yaqin mahalliy va 900 dan köproq xorijiy kuzatuvçilar kuzatib boradi.