2018 yilgi jahon çempionatining 1/8 finalida Ispaniya va Rossiya örtasida Moskvadagi «Lujniki» stadionida keçgan uçraşuvning asosiy vaqtida kuçlar teng keldi va ğolib penaltilar seriyasida aniqlandi (1:1, penaltilar böyiça — 4-3).

Öyinning 12-daqiqasida rossiyaliklar jamoasi himoyaçisi Sergey Ignaşeviç öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi. Mundial mezbonlari 41-daqiqada Artyom Dzyubaning penaltidan bergan zarbasi evaziga hisobni tenglaştirdi. Öyin yakuniga qadar hisob özgarmadi, qöşimça bölimlarda ham ğolib aniqlanmadi va penaltilar seriyasida rossiyaliklar ustun kelişdi. Rossiyaliklar darvozaboni 2 marta penaltini bartaraf etdi va öyin qahramoniga aylanib, rossiyaliklarni ilk marta jahon çempionati çorak finaliga olib çiqdi.

Endi turnirning 1/4 finalida Rossiya Xorvatiya – Daniya juftligi ğolibi bilan uçraşadi. Bu juftlik uçraşuvi bugun Nijniy Novgorodda bölib ötadi.

JÇ-2018
1/8 final
Ispaniya – Rossiya 1:1 (penalti)
Gollar: 1:0 – 12, avtogol Ignaşeviç, 1:1 – 41, penalti Dzyuba.
Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Naço (Karvaxal, 70), Ramos, Koke, Buskets, Isko, Silva (Inesta, 67), Asensio (Rodrigo, 104), Diyego Kosta (Aspas, 80).
Rossiya – Akinfeyev, Ignaşeviç, Kudryaşov, Fernandes, Kutepov, Zobnin, Jirkov (Granat, 46), Samedov (Çeryşev, 61), Kuzyayev (Yeroxin, 97), Golovin, Dzyuba (Smolov, 65).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.
Ogohlantirişlar: Pike (40), Kutepov (54), Zobnin (71).