Light kompaniyasi töqqiz kamerali smartfonni işlab çiqardi. Qurilmaning rasmiy taqdimoti yilning ikkinçi yarmida bölib ötişi kutilmoqda. Washington Post şu haqida xabar berdi.

Manbada ta'kidlanişiça, yangi smartfonning bir neça prototipi işlab çiqilgan: beş va töqqiz kamerali. Mutaxassislarning ğoyasiga köra, qurilmada olingan suratlarning ölçami 64 megapikselni taşkil qiladi.

Foto: Courtesy Of Light

Bölğusi devaysning narxiga doir ma'lumotlar hozirça yöq. 

Light bunday noodatiy texnik qurilmalarni birinçi marta işlab çiqarişi emas. Bundan avval işlab çiqaruvçilar 16 obektivli kamerani namoyiş qilişgan edi. Qurilma 52 megapikselgaça suratlarni olişga qodir. Har bir kamera bir vaqtning özida suratga olib, keyin 16 tasi avtomatik ravişda bir fotoga birlaştiriladi.