Futbol böyiça jahon çempionatida Yaponiya terma jamoasi natijalarini töğri “başorat qila olgan” sakkizoyoq egasi tomonidan nimtalab sotib yuborildi. Bu haqda South China Morning Post naşri ma'lum qildi. 

Foto: twitter.com/mizuhara_kai

Rabo laqabli ulkan sakkizoyoq Yaponiyada özining aniq başoratlari bilan maşhurlaşib ketgandi. Sakkizoyoqni terma jamoa öyinlaridan oldin Yaponiya, raqib jamoa bayroqlari va “durang” belgisi bölgan kiçik suv havzasiga solib, söngra qaysi tomonga borişi kuzatilgan. Rabo biror marta adaşmagan: u Yaponiyaning Kolumbiya ustidan ğalabasini, Senegal bilan durangini va Polşadan mağlubiyatga uçraşini töğri ayta olgan.

Foto: twitter.com/mizuhara_kai

Sakkizoyoqni Xokkaydo sohillari yaqinida tutib olgan baliqçi Kisuo Abe çempionatning tugaşini kutib ötirmay, Raboning uçinçi başoratidan keyin uni nimtalab, bozorda sotib yuborgan. Baliqçi sakkizoyoq Yaponiyaning barça uçta uçraşuvi natijasini töğri topa olganidan xursandligini va terma jamoaga buyoğiga yordam beradigan yana bitta Rabo paydo bölişiga umid qilişini aytgan.

Yaponiyaliklar bugun, 2 iyulda 1/8 finalda belgiyaliklar bilan bahslaşişadi.