13:30 / 03.07.2018
8818

OAV Ispaniya termasining yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishidan xabar topdi

Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi terma jamoaning yangi bosh murabbiyi bo‘yicha bir qarorga keldi.

Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, «Qizil furiya»ni Kike Sanches Flores qo‘lga oladi.

53 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi «Espanol» klubi bo‘lgan. Ayni paytda u ishsiz yuribdi.

Federatsiya vakillarining ko‘pchiligi Kike Sanches Flores nomzodini yoqlamoqda.

Top