2018 yil 29 iyun kuni Toşkent şahar Yakkasaroy tumani “Muqimiy” MFY hududidagi 144-sonli örta maktab binosida jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudining oçiq sayyor sud majlisi bölib ötdi. X.Xaitov raisligida ötkazilgan sayyor sud majlisida sudlanuvçi Vaxitov Mirkomil Abduvosiq öğliga nisbatan jinoyat işi körildi.

Aniqlanişiça, sudlanuvçi M.Vaxitov, muqaddam özganing mulkini öğirlik yöli bilan talon-toroj qiliş jinoyatini sodir etganligi uçun sudlanib, xavfli retsidivist sifatida röyxatda turgan. Bundan öziga tegişli xulosa çiqarmasdan 2018 yil 23 may kuni soat 12:30 lar atrofida Toşkent şahar Yakkasaroy tumani Zarboğ köçasi 2-uy oldida qarovsiz qoldirilgan N.Atadjanovga tegişli davlat raqami 01 O 199 OA bölgan “Neksiya-3” rusumli avtomaşinasini oçiq qolib ketganligini körgan. Avtomaşina içida bölgan N.Atadjanovning fuqarolik pasporti, haydovçilik guvohnomasi, taloni, mehnat daftarçasi va 170.000 söm miqdoridagi pullarni yaşirin ravişda öğirlab olib, voqea joyidan yaşiringan.

 Şundan söng, N.Atadjanovning barça şaxsiy hujjatlarini Toşkent şahar Börijar anhoriga taşlab yuborgan.

Bundan taşqari, sudlanuvçi M.Vaxitov özining öğirlik jinoyatini takroran davom ettirib, 2018 yil 28 may kuni soat taxminan 17:00 lar atrofida Toşkent şahar Yakkasaroy tumani B.Babayeva köçasi 107-uy oldida qarovsiz qoldirilgan A.Kayumovga tegişli davlat raqami 01 N 949 YA bölgan “Neksiya-3” rusumli avtomaşinasini oçiq qolib ketganligidan foydalanib, avtomaşina içidagi 300.000 söm mikdoridagi pullarni yaşirin ravişda öğirlab olib, voqea joyidan yaşiringan.

Sud Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 59-(bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş), 60-(bir neça hukm yuzasidan jazo tayinlaş) va 61-(jazolarni qöşişning hisoblaş qoidalari) moddalariga asosan M.Vaxidovga tayinlangan jazolar hamda jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Yakkasaroy tuman sudining 2016 yil 11 fevraldagi hukmiga köra, JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (öğrilik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) va boşqa moddalari bilan tayinlangan 6 yil ozodlik mahrum etiş jazosi va keyinçalik JIB Navoiy şahar sudining 2017 yil 28 dekabrdagi ajrimiga köra JKning 74-moddasiga (jazoni yengilroği bilan almaştiriş)asosan axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan va ötalmasdan qolgan 3 yil 7 oy 8 kuni tayinlangan jazolarga qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil ötaş uçun 5 (beş) yil 1 (bir) oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.