Ma'lum bo‘lishicha, sudlanuvchilar N.Raxmonov va I.Toshtemirov o‘zaro til biriktirgan holda turli xildagi o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir etib kelishgan. Asosan, o‘z qishloqlaridagi mayda shoxli mollarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, pullab kelishgan.

Sud, N.Raxmonovga O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bilan JKning 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Shuningdek, voyaga yetmagan I.Toshtemirovga esa  JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, JKning 841-moddasi(ozodlikni cheklash) tartibida 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 

Ularga quyidagi tartibda ozodlikni cheklash jazosi belgilandi:

  • sudlanuvchilar yashash va o‘qish  joyidan har kuni kech soat 22:00 dan ertalab soat 06:00 gacha chiqishini cheklab qo‘yish;
  • nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik;
  • Navoiy viloyati hududini tark etmaslik;
  • muayyan joylarga, ya'ni kafe, barlar va restoranlarga bormaslik;
  • alkogolli ichimliklar iste'mol qilmaslikdan iborat qo‘shimcha cheklashlar yuklatildi.

Hukmdan norozi taraflar shikoyat yoki protest bildirishga haqliligi tushuntirildi.