Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlagan shaxsga hukm o‘qildi
2018 yil iyul oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida ochiq sayyor sud bo‘lib o‘tdi. Sud majlisiga sudya A.Jalilov raislik qildi. Sudlanuvchi Roziyev Abdurashid Ablisayevichga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqildi.
Roziyev Abdurashid Ablisayevich 2018 yil 26 may kuni, soat 00:30larda Toshkent shahar Uchtepa tumani “Bositxon” ko‘chasi bo‘ylab ketayotgan vaqtida Uchtepa tuman IIB xodimlari tomonidan giyohvand vositasini qonunga xilof ravishda saqlashda gumon qilinib to‘xtatilib, Uchtepa tuman bo‘yicha IIBga taklif qilinib, shu yerda xolislar ishtirokida tekshirilganida, egnidagi qora rangli sport shimining o‘ng cho‘ntagidan “Milano” nomli sigaret qutisi ichidan, o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda o‘zini iste'moli uchun saqlab kelgan, shaffof polietilen paket bo‘lagiga o‘ralgan o‘tkir hidli, to‘q qora rangli mazsimon holdagi vosita topilib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
2018 yil 26 maydagi 2/391-sonli sud-kimyoviy ekspertizasi, A.Roziyevdan olingan, o‘tkir hidli, qora rangli mazsimon modda tarkibida faol giyohvand modda, tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu modda “gashish” deb atalib, uning umumiy og‘irligi 0,24 grammga tengligi haqida xulosa bergan.
Sud A.Roziyevni O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 276-moddasining 1-qismida (giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topdi. Shunga ko‘ra eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida, ya'ni 2.583.600 so‘m jarima jazosi tayinlandi va davlat daromadiga undirilishi belgilandi.
Hukmdan norozi taraflar shikoyat yoki protest bildirishga haqli ekanligi tushuntirildi.
Mavzuga oid
14:43 / 26.11.2025
“Xodimlarim soliqchining uyiga kirishdan avval eshikni taqillatishgan” – sobiq IIB boshlig‘i Akmal Xo‘jayev ko‘rsatmasi tinglandi
14:58 / 19.11.2025
Fuqarolik va iqtisodiy nizolarni ko‘rish tartibi soddalashtiriladi
17:33 / 18.11.2025
Poytaxt IIBBning 8 nafar tezkor xodimi fuqaroning 233 ming dollar mablag‘ini zo‘rlik ishlatib tortib olgani ma’lum bo‘ldi
17:36 / 16.11.2025