Pley-off bosqiçining eng kuçsiz juftligi Şvetsiya va Şveytsariya iştirokida. Ikki terma jamoa ham heç qaçon xalqaro turnirlarda favoritlar sanalişmagan va ulardan bu safar ham heç kim yuqori natijalar kutmayapti. Lekin ulardan biri çorak finalda öynaşi aniq, bu qaysi jamoa bölişi mumkinligini quyida tahlil qilamiz.

Foto: Andreas GRANKVIST va Jyerdan ŞAQIRI

Dunyoni zabt etiş
Zlatan Ibrahimoviç jahon çempionatiga kelmagan. Ammo şunda ham diqqat markazida bölib turibdi. «Jahon çempionatidan avval terma jamoamiz uzoqqa borişini aytgandim. Men şved bölganimdan faxrlanaman. Men dunyoni zabt etdim, endi Şvetsiya dunyoni zabt etsin. Şvetsiyaga qarşi öynaş hamma uçun ham qiyin böladi. Öylaymanki, buni hamma biladi», deya yozgan u instagramida.

Zlatan bilan bahslaşiş befoyda. Çunki, saralaş turnirida şvedlar Niderlandiyani ortda qoldirişgan, ötiş öyinlarida Italiyani nokaut qilingan, guruh bosqiçida esa Germaniya taşlab ketilgan. Ayni vaqtda vikinglar Şveytsariya FIFA reytingida oltinçi örinda turganiga kinoya bilan qaraşmoqda.

Ha, nemislar Şvetsiyani mağlub etişgandi, ammo bu öyinda şvedlar amaldagi jahon çempionlari bilan tengma-teng kuraş olib borişgan va faqat qöşimça daqiqalarning oxirgisida gol ötkazib, mağlub bölgandi. 

Yulduzlarsiz jamoa
Meksikaga qarşi öyin esa bir qadar yorqinroq keçdi. Birinçi turda Germaniyani mağlub etib olqişlarga sazovor bölgan Meksika Şvetsiyadan 3ta gol ötkazdi. Köpçilik uçun bu syurpriz böldi, faqat bu köpçilik Yann Andersonning saralaş bosqiçidagi öyinlarini körmagandi. Bu jamoa nafaqat gollandlarni va italyanlarni, balki jahon çempioni böliş uçun asosiy da'vogar sifatida körilayotgan Fransiyani ham yenggandi. Şvedlar nihoyat faqat Ibrahimoviçdan umid qilib, unga öynaydigan futbolçilardan haqiqiy jamoaga aylana oldi.

Ibrahimoviç termadan ketgani tufayli jahon çempionatiga kela olmagaç, jamoaga Grankvist sardor böldi. Bundesliganing eng yaxşi assistentlaridan biri Forsberg esa bu jamoaning oddiy mexanizmi.

Yöqotişlar
Himoyaçi Lindelef birinçi turni ötkazib yuborişga majbur böldi, maydon markazida muhim işlarni bajaruvçi Larsson esa birinçi öyinda maydonni zambilda tark etdi, u safga qaytgandi, ammo u ketma-ket ikki öyinda sariq kartoçka olişi natijasida nimçorak finalda öynay olmaydigan böldi. Köp ehtimol bilan Sankt-Peterburgdagi öyinda MLS çempionati vakili Svensson öynaydi. Şuningdek, ikkinçi turda jarohatlangan hujumçi Markus Berg safga qaytgan, agar u öynay olmasa, Telin yoki Gvidetti uni almaştirişi mumkin.

Şveytsariyada vaziyat murakkabroq. Jamoaning asosiy himoyaçilari Lixtştayner va Şer jarohat olib, safdan çiqqan. Öng qanotda Lixtştaynerni Lang almaştirişi mumkin (şu kunlarda «Bazel»dan «Borussiya» Menxengladbaxga yöl olgan bu futbolçi turnirda 12 daqiqa ötkazgan xolos). Şuningdek, 21 yoşli Elvedi hamda tajribali Juru ham Şer örniga himoya markazida harakatlanişi mumkin.

Şveytsariyaliklarda taran hujumçi muammosi mavjud.

Şveytsariya tarkibi guruh bosqiçida eng kam özgargan tarkib böldi. Darvozabon, 4 himoyaçi va 4 yarim himoyaçi 3 öyinda ham bir tarkibda öynadi. Markaziy hujumda esa beqarorlik kuzatildi. Seferoviç birinçi va ikkinçi öyinlarda öz imkoniyatidan foydalana olmadi, Gavranoviç Serbiya bilan öyinda Şaqiriga hal qiluvçi pas bergandi, ammo u Kosta-Rika bilan öyinda işonçli harakat qila olmadi. Buning natijasida Drmiçda ham imkoniyat paydo böldi va u oxirgi turda 20 daqiqani maydonda ötkazdi. U bu vaqt içida bir gol urib, bir marta darvoza ustunini poyladi.

Qanot yarim himoyaçilari böyiça ham savollar mavjud. Oilasida yangi mehmon dunyoga kelgan Embolo kosta-rikaliklar bilan öyindagi gollardan biriga pas bergandi. Ammo u «Şalke»da hujumçi sifatida harakat qiladi. Agar Tsuberning tobi qoçmaganida u yana maydonga çiqişi mumkin edi, ammo sobiq «armiyaçi» safga qaytdi va uning universalizmi Klassonga qarşi harakatlanişda qöl kelişi mumkin. 

Bu juftlik ğolibi çorak finalda Angliya va Kolumbiya uçraşuvi ğolibiga qarşi maydonga çiqadi.

ŞVeTsIYa – ŞVeYTsARIYa
3 iyul. Sankt-Peterburg. «Sankt-Peterburg» stadioni. 19.00 (Matç TV).
Hakamlar: SKOMINA. Vukan, Praprotnik (barçai – Sloveniya).
Diskvalifikatsiya qilingan: Larsson – Lixtştayner, Şer.