Soliq islohoti böyiça qabul qilingan konsepsiya — qulay biznes iqlimi yaratiş yölidagi ulkan qadamdir. Biroq yanada köproğini istagan edik, deb yozadi iqtisodçi Yuliy Yusupov Gazeta.uz’da.

Nihoyat, bu sodir böldi. Prezident «Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasi töğrisida»gi farmonga imzo çekdi.  Bizning soliq tizimimiz 2019 yilning 1 yanvaridan özgartiriladi. Özgarişlar parametrlari belgilab olingan. Qabul qilingan hujjatni mustaqil iqtisodçi, Center for Economic Development direktori Yuliy Yusupov şarhlaydi.

Foto: Pixabay

Soliq tizimidagi özgarişlar

Qisqaça aytiladigan bölsa, özgarişlar mohiyati quyidagiça. Beşta asosiy masala hal etilmoqda:

1) mehnatga nisbatan soliq kamaytirilmoqda — ular ayni paytda juda katta va iqtisodiyotning «xufyona» olib boriş uçun asosiy sabab bölib turibdi;

2) soliqqa tortişning umum örnatilgan va soddalaştirilgan rejimlari örtasidagi soliq yuklamasiga oid keskin farq yöqqa çiqarilmoqda — uşbu farq korxonalarni yiriklaşmaslikka majburlaydi, işlab çiqariş miqyoslarini kengaytirişni qiyinlaştiradi hamda biznesni noraqobatbardoş bölişi va «xufyona» işlaşga mahkum qiladi;

3) mehnatning jamoaviy taqsimotini öldiruvçi va qöşilgan qiymatning uzun zanjiri hosil bölişiga monelik qiluvçi, şu yöl bilan iqtisodiyotimizning jahon xöjaligida xomaşyo quyruği bölib kelişida muhim ahamiyat kasb etgan tuşumdan soliqlarni qöllaş sohalarini qisqartiriş (bu esa umumiy rejimdagi korxonalar uçun davlat maqsadli fondlariga 3,2 foiz ajratma va soddalaştirilgan rejimdagi korxonalar uçun yagona soliq tölovi degani) yoki bekor qiliş;

4) işlab çiqaruvçilarning mahsulotlarini noraqobatbardoş, iqtisodiyotimizni esa investitsiyalar uçun jozibasiz qilib kelgan