Toşkent şahri Yaşnobod tumanidagi Maxtumquli köçasidan Abdulla Qodiriy köçasiga ötuvçi yöl avtomobillar harakati uçun qaytadan oçildi. Bu haqda şahar hokimligi saytida e'lon qilingan. 

“Poytaxtimizda olib borilayotgan keng kölamli quriliş, obodonlaştiriş işlari fuqarolarning turmuş keçiriş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan. Qolaversa bu yöllardagi harakatlanişni tartibga soliş, yangi köpriklarni quriş va yölovçilarning muşkulini oson qiliş bilan çambarças boğliqdir.

Şu munosabat bilan transport vositalari uçun qulaylik yaratiş maqsadida Yaşnobod tumani Mahtumquli köçasidan A.Qodiriy köçasiga ötiş yöli oçilganligini ma'lum qilamiz”,- deyiladi şahar hokimligi Axborot xizmati xabarida.