Xitoyda ommaviy axborot vositalari zimmasiga Xitoy hukumatining bayonotlarini kutib ötirmay, AQŞ prezidenti Donald Tramp nomiga keskin sözlar aytiş hamda savdo uruşi haqida uning izohlari va Oq uy ma'muriyati vakillarining sözlarini keltirib ötişdan tiyiliş majburiyati qöyildi. Körsatma matni China Digital Times tomonidan e'lon qilindi. Şu bilan birga naşr iqtibos keltirayotgan manba xavfsizlik nuqtai nazaridan körsatilmagan.    

Xitoy OAV savdo uruşi borasidagi AQŞ yangiliklari va izohlarni bermasligi, Trampning “qöpol sözlarini” tanqid qilmasligi kerak. Biroq şu bilan birga uzoq davom etuvçi mojaroga tayyor turiş kerakligi uqtirilgan.

Hujjatda “ikki davlat örtasidagi savdo mojarosi bosiqlik va ongli harakatlar sodir etişni közda tutişi” aytilgan.

“Biz muzokaralarni yakunlaymiz va “qasdma-qasd” tamoyili asosida iş tutamiz. Jamoat osoyiştaligini saqlaş kerak, AQŞdagi turli guruhlarni tuşkun holga tuşirib, aniq va pişiq zarba berişimiz lozim. Savdo uruşi Xitoyning yuksalişiga qarşi, qaysi bir davlat bardoşliroqligini sinaşga qaratilgan uruşdir. Heç qanday vaziyatda qat'iyatsizlik va zaiflik körsatmaslik kerak”, deb aytilgan körsatmada.