Samarqand şahrida içki turizmni rivojlantiriş maqsadida 29 iyundan 4 iyulga qadar «Şahar haftaligi» festivali bölib ötmoqda. Festival doirasida mamlakatimiz aholisi va xorijlik sayyohlarda qiziqiş uyğotiş maqsadida madaniy-köngiloçar dasturlar namoyiş etilmoqda.

Şu maqsadda Registon maydonidagi Şerdor madrasasida brifing bölib ötdi. Brifingda viloyat hokimining turizm masalalari böyiça örinbosari M.Voseyev çiqiş qildi va festival maqsadlarini bayon etdi. Maydonda «Samarqand sadolari» maqom ansamblining konserti namoyiş etildi.

Registon maydonida respublika aeronavtika markazi vakillari ikkita havo şarini töldirib, şahardagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilarini uçirişdi.

Keyingi kunlarda şahardagi «Hunarmand» markazida şahar hunarmandlari iştirokida master-klass ötkazildi. Festival kunlari «Tungi bozor» taşkil etilib, şahar aholisi va mehmonlari uçun tungi soat 12 gaça bozorlar faoliyat körsatib turdi. Şuningdek, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş uçun velosiped turi taşkillaştirildi.

Nazvaniye

3 iyul kuni «Muzeylar kuni» ötkazildi. Imtiyozli ravişda şahardagi tarixiy, madaniy va ma'naviy meros maskanlariga ziyoratlar uyuştirildi.

«Şahar haftaligi» festivalini 4 iyul kuni katta konsert dasturi bilan nihoyalaş nazarda tutilgan.

Öz muxbirimiz.