Britaniyaning Solsberi shaharchasidan 10 kilometr shimolda joylashgan Eymsberi shahrida ikki kishi noma'lum modda ta'sirida og‘ir ahvolda kasalxonaga keltirilgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
“Uiltshir politsiyasi Eymsberi shahrida ikki kishi noma'lum moddadan zaharlanganligini taxmin qilmoqda, - deyiladi Uiltshir grafligi politsiyasining chorshanba kuni berilgan xabarida. – Jabrlanganlar shifoxonaga keltirilguniga qadar ular tashrif buyurgan Eymsberi va Solsberi hududidagi barcha joylar ehtiyot chorasi sifatida qurshab olinadi”.
We've declared a major incident after it is suspected that two people might have been exposed to an unknown substance in Amesbury. Full details here: https://t.co/yaaUqH97Te pic.twitter.com/xryG8Cy7nV
— Wiltshire Police (@wiltshirepolice) July 4, 2018
Huquqni muhofaza qilish xodimlarining ma'lumotlariga ko‘ra, 30 iyun kuni kechqurun 40 yoshli ayol va erkak o‘z uylarida behush holda topilgan. Ular Solsberidagi kasalxonaga keltirilgan bo‘lib, ikkisining ham ahvoli og‘irligicha qolmoqda.
Shu yilning 4 martida Rossiyada Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilishda ayblangan 66 yoshli sobiq polkovnik Sergey Skripal va uning 33 yoshli qizi Yuliya Solsberida asabni falaj qiluvchi modda orqali zaharlanganligi xabar qilingandi.








