Britaniyaning Solsberi şahridagi soborga Rossiya bayroğini ilib ketişdi. Bu haqda mahalliy Spire FM radiosi xabar bergan.

Bayroq sobor binosiga yondaşgan quriliş havozasiga osib qöyilgan. Uni 17 fevral tongida payqaşgan. Bir neça soat ötib bayroqni olib taşlaşgan.

Sobor boş ruhoniysi Nikolas Papadopulos hodisani «ahmoqona harakat» sifatida baholagan.

Naşrlar bu iş Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanganiga bir yil tölişi arafasida röy berganiga e'tibor qaratişmoqda.

GRUning sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliya 2018 yilning 4 martida Solsberida noma'lum moddadan zaharlanişgandi.

Buyuk Britaniya hukumati bu iş GRU agentlari Ruslan Boşirov (haqiqiy ismi Anatoliy Çepiga) hamda Aleksand Petrov (haqiqiy ismi Aleksandr Mişkin) tomonidan sodir etilganini bildirgan. Bu şaxslar RT boş muharriri Margarita Simonyanga bergan intervyusida barça ayblovlarni inkor qilib, Solsberiga şunçaki aylaniş uçun borişganini aytib ötişgan.