Joriy yilning 15 iyul kunidan boşlab xorijiy fuqarolar Özbekistonga kiriş vizasini oliş uçun diplomatik vakillik yoxud Özbekistonning çet ellardagi konsullik idorasiga rasmiy murojaat qilişi şart emas. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni imzolagan hujjatda şunday deyiladi. 

Ma'lum bölişiça, yangi taşkil etilgan  «E-visa.uz» kiriş vizalarini rasmiylaştiriş tizimi orqali çet el fuqarolari Özbekistonga kiriş huquqini beruvçi vizani qölga kiritişi mumkin. 

Unga köra, respublika hududiga kiriş huquqini beruvçi vizani rasmiylaştiriş axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida amalda oşiriladi. 

Ta'kidlaş joizki, sayyohlarni Özbekistonga jalb etişda kömak beruvçi bunday taşabbus Ozarboyjon, Armaniston, Gruziya, Hindiston, Singapur va Turkiyada ham yölga qöyilgan. 

Hujjatga köra, viza 30 kun muddatga Özbekiston hududida böliş huquqini beradi va undan taqdim etilgan kundan boşlab 90 kun muddat içida foydalaniş mumkin. 

Viza oliş uçun murojaat yuborilgan kundan taşqari, 2 kun içida körib çiqiladi. Murojaatlarni körib çiqiş uçun 20 AQŞ dollari miqdorida boj tölanadi.