Tailand Taşqi işlar vazirligining ma’lum qilişiça, 1 yanvardan boşlab mamlakatning xorijdagi 94 ta elçixona va boş konsulxonalarida e-Visa xizmatidan foydalaniş mumkin böladi.

Elektron viza tizimiga köra, Tailand vizasi olişga murojaat qilmoqçi bölgan çet el fuqarosi yangi onlayn elektron viza platformasi orqali ariza topşirişi kerak.

Ariza beruvçidan pasport va tasdiqlovçi hujjatlarning asl nusxasini Tailand diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga şaxsan taqdim etişi talab qilinmaydi.

Elektron viza arizasi ma’qullangaç, arizaçiga tasdiqlovçi elektron poçta xabari yuboriladi. Ariza beruvçidan jönaş portidagi aviakompaniyaga va Tailandda immigratsiya xizmati xodimlariga taqdim etiş uçun tasdiqlovçi elektron poçta nusxasini çop etişi söraladi.

Amaldagi tartibga köra, 2024 yilning 15 iyul kunidan e’tiboran Özbekiston fuqarolariga Tailandga sayohat uçun 60 kungaça vizasiz rejim joriy etilgan. Elektron viza tizimida fuqarolarga turistik, biznes, oilaviy va boşqa viza turi 90 kun muddatga beriladi.

Avvalroq Germaniyada işlaş yoki öqiş istagida bölgan Özbekiston fuqarolari Konsullik xizmatlari portali yordamida viza oliş uçun onlayn tarzda murojaat qilişi mumkinligi töğrisida xabar berilgandi.