2018 yilning iyulidan bugungi kunga qadar Özbekistonga kiriş uçun xorijiy fuqarolardan tuşgan arizalar soni 60 mingga yaqinlaşdi, ularning deyarli barçasi ijobiy natija berdi (58 761 kişiga elektron viza berilgan). Bu haqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi xabar qilmoqda.
Özbekiston Respublikasi prezidentining 2006 yil 4 iyuldagi 3836-sonli “Özbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirişi tartibini optimallaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida“gi qaroriga muvofiq 2018 yil 15 iyuldan boşlab 96 mamlakat fuqarolariga elektron vizalar beriş tizimi joriy etildi (2019 yil 1 fevralgaça bölgan davrda 50 ta mamlakat fuqarolariga edi) va natijada 2019 yil 15 iyulga qadar 60 mingga yaqin ariza topşirildi.
E-vizani rasmiylaştiriş böyiça murojaatlarning aksariyati Xitoy (22 785), Hindiston (12 372) va AQŞ (8 682) fuqarolaridan kelib tuşgan.
2018 yil 15 iyuldan 2019 yil 15 iyulgaça Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining Call-markaziga elektron viza böyiça qabul qilingan murojaatlarning soni 6 806 tani taşkil qildi hamda ularga tezkor yordam körsatildi.
Elektron vizalarni beriş va şu masala böyiça kelib tuşgan murojaatlar mexanizmini muntazam ravişda tahlil qiliş asosida Özbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari bilan elektron viza beriş tartibi takomillaştirildi, xususan:
- joriy yilning 28 mayidan boşlab Özbekiston Respublikasida böliş muddati elektron vizalar uçun berilgan sanadan e'tiboran 90 kun içida va kiriş kunidan boşlab 30 kunga beriladi va amal qiladi;
- 2019 yil 15 martdan boşlab ikki martalik (2019 yil 15 iyul holatiga köra, çiqarilgan ikki martalik elektron vizalar soni – 1 317) va köp martalik elektron körinişdagi vizalarni beriş tizimi joriy etildi;
- agar elektron vizada uçta texnik tipografik xato topilmasa, çet el fuqarolari mamlakatga kirişlari mumkin;
- Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Çegara qöşinlari xodimlari mustaqil ravişda çet el fuqarosining elektron vizasi borligini, uning qoğozda çop etilgan şaklini söramasdan tekşirişlari mumkin.

















