Turkiyada 2016 yil iyulida davlat töntarişiga urinişdan keyin joriy etilgan favqulodda holat rejimi joriy oyda töxtatiladi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Binali Yildirim Anadolu agentligiga bergan intervyusida aytdi.

«Duşanba kuni (9 iyulda) yangi hukumat tarkibi e'lon qilinadi va şu tarzda favqulodda holat rejimi nihoyasiga yetadi», - dedi u.

Hukumat tomonidan körilayotgan çoralarga nisbatan fuqarolarning tanqidlariga munosabat bildirar ekan, boş vazir «Fransiya davlat töntarişiga uriniş emas, balki teraktdan söng 719 kun favqulodda vaziyat rejimida yaşagani»ni misol keltirdi.

Turkiyada uç oy muddatga joriy etilgan favqulodda vaziyat rejimi 2016 yil 21 iyulda joriy qilingandi. Öşandan buyon mazkur rejim parlament tomonidan uç oy muddatga muntazam ravişda uzaytirib kelinmoqda.