FIFA JÇ-2018ning qolgan 8ta öyiniga işlaydigan hakamlar röyxatini e'lon qildi. Bu röyxatdan özbekistonlik referi Ravşan Ermatov örin olmagan.
JÇda işlaşda davom etadigan hakamlar quyidagilar: Alirizo Fağoni (Eron), Abdulla Navof Şukrullo (Bahrayn), Malang Dediu (Senegal), Janni Sikazu (Zambiya), Mark Geyger (AQŞ), Jyeyr Marrufo (AQŞ), Tsezar Arturo Ramos Palazuelos (Meksika), Andres Kuna (Urugvay), Nestor Pitana (Argentina), Sandro Riççi (Braziliya), Mettyu Konger (Yangi Zelandiya), Junayt Çaqir (Turkiya), Born Kuypers (Niderlandiya), Antonio Migel Mateu Laos (Ispaniya), Milorad Majiç (Serbiya), Janluka Rokki (Italiya), Damir Skomina (Sloveniya).
Eslatib ötamiz, Ravşan Ermatov JÇ-2018ning 2ta uçraşuvida hakamlik qildi. Argentina – Xorvatiya (0:3) va Ispaniya – Marokaş (2:2) öyinlarini boşqarişda unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berişdi.
Rossiya mundiali Ravşan Ermatov faoliyatidagi uçinçi jahon çempionati böldi. U Janubiy Afrikada ötkazilgan JÇ-2010 va Braziliyada ötkazilgan JÇ-2014 musobaqalarida iştirok etib, jami 9ta öyinni boşqargan va dunyo rekordini örnatgan. Endilikda Ermatov boşqarib borgan mundial öyinlari soni 11taga yetdi.













