Jahon çempionati. 1/4 final. 6 iyul. URUGVAY – FRANTsIYa. 19.00 (Toşkent)

Foto AFP

Bugun Nijniy Novgoroddagi şu nomli stadionda JÇ-2018 çorak finali doirasidagi ilk uçraşuv bölib ötadi. Bugun dunyoning hujum çiziği eng kuçli terma jamoalaridan biri dunyoning himoya çiziği eng kuçli terma jamoalaridan biriga qarşi maydonga çiqadi. Deşammi yo Tabares ğolib. Buni bugun bilib olamiz.

Falsafiy savol

Urugvay va Fransiya terma jamoalari bahsi arafasida şotland yozuvçisi Ien Benksning «Şişa böylab qadamlar» nomli kitobidagi falsafiy savolni berişmoqda: «Töxtatib bölmas kuç joyidan jilmas obekt bilan töqnaşganda nima böladi?»

Bu örinda töxtatib bölmas kuç - Dide Deşam jamoasidir. Bu terma jamoaning çorak finalga çiqişidagi asosiy qahramon Kilian Mbappeni ham heç kim töxtata olmayapti, u nimçorak finalda Argentinaga qarşi öyinda har safar oldinga taşlanganida raqib himoyaçilari ojiz qolaverişdi. Joyidan qimirlamaydigan obekt esa - Oskar Tabares qurgan, Diyego Godin va Xose Mariya Ximenesdan iborat metin himoyadir. Bu himoya yil boşidan buyon faqat bitta gol ötkazdi, faqatgina JÇ-2018 turniri nimçorak finalida (Urugvayning 2:1 hisobidagi ğalabasi) Portugaliyaga qarşi öyinning 55-daqiqasida Pepe Fernando Muslera darvozasini işğol eta oldi. Bir qaraşda fransuzlarning yarim finalga yöl oliş imkoniyati yuqoridek körinmoqda, ammo urugvayliklar 90 daqiqa çidab berişsa, muvozanat özgarişi aniq.

Mbappening yovvoyi tezligi

Foto: Squawka

Argentinaliklar bilan öyin şunday tasavvur uyğotdiki, fransuzlar töpni oldinga tepib yuborişsa bas, uyoğini Kilian Mbappe hal qiladi. Kilianning tezligi Deşam qölidagi asosiy kuzirdir. Qolaversa, bu yoş futbolçidagi texnarlik qobiliyati va egiluvçanlik terma jamoaning hujumdagi imkoniyatlarini karrasiga oşiradi. Uni fol işlatmasdan töxtatib qolişga uriniş befoyda bölib kelmoqda. Himoyaçini sariq kartoçka olişga majbur qiliş, penalti işlaş unga muammo emas. Lekin şuni ham unutmaslik kerakki, Godin va Ximenes Diyego Simeone qöli ostida pişgan, «Atletiko» safida Ispaniya çempionati öyinlarida toblangan katta tajribali futbolçilar va Mbappe ham bu öyinda erkin harakatlana olmaydi.