AQŞ prezidenti Donald Tramp 16 iyulda Xelsinkida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yakkama-yakka uçraşuv ötkazadi. Söngra kengaytirilgan tarkibdagi uçraşuv va amaliy lanç bölib ötadi. Bu haqda AQŞning Rossiyadagi elçisi Jon Xantsman jurnalistlarga ma'lum qildi. 

Xantsmanning aytişiça, Tramp Xelsinkiga 15 iyulda keladi va keçki payt AQŞ elçixonasi xodimlari bilan uçraşuv ötkazadi. 16 iyul ertalab Tramp Finlyandiya prezidenti bilan ikki tomonlama uçraşuv ötkazadi.

Şundan keyin Tramp 16 iyul keçki payt AQŞga qaytib ketadi.

Xantsmanning ta'kidlaşiça, Tramp Putin bilan uçraşuv keskinlikni kamaytirişga va sermazmun hamkorlikka olib kelişiga umid bildirmoqda.

“Agar siz muammolar haqida gaplaşmasangiz, uning yeçimlarini topa olmaymiz. Prezidentning fikriça, Rossiya bilan yaxşi munosabatlar Amerika uçun ham, Rossiya uçun ham yaxşi böladi, biroq töp Rossiya tomonda. Prezident Rossiyani yomon niyatdagi harakatlari uçun javobgarlikka jalb qilişni davom ettiradi”, deb aytgan AQŞ elçisi.

Elçining aytişiça, Tramp maqsad qilgan ustuvor vazifalar “Amerika xalqi va manfaatlari hamda ittifoqdoşlar va hamkorlar manfaatlarini himoya qiliş”dan iborat. 

Xelsinkidagi uçraşuv ikki yetakçining sammitlardan taşqari ilk töliq formatli uçraşuvi böladi. Putin va Tramp birinçi marta bir yil avval G20 sammiti doirasida, keyinroq 2017 yil noyabrda Vetnamda OTIH sammitida uçraşişgan.