Özbekiston Respublikasining "Mediatsiya töğrisida"gi qonuni 2018 yilning 12 iyunida Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilindi va şu yilning 12 iyunida Senat tomonidan ma'qullandi. Mazkur hujjat mediatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Mediatsiya fuqarolarning huquqiy munosabatlaridagi bahs-munozaralarda, individual mehnat munozaralari va oiladagi huquqiy munosabatlarga nisbatan qöllanadi. Qonun 2019 yilning 1 yanvaridan kuçga kiradi.
Xöş, mediatsiya nima va nima uçun uni "yumşoq huquq" elementi deb ataşadi?
Tarixga nazar. Qonunni rivojlantiriş tarixida Vavilon, Qadimiy Gretsiya va Qadimiy Rimda mediatsiyani qöllaş qayd etilgan. Rim huquqida Yustinian kodeksidan boşlab (miloddan avvalgi VI asr) bahs-munozaralarni hal qiliş uçun vositaçilik tan olingan. Mediatsiya texnologiyasi asosan savdoda qöllanilgan. Rimliklar bahs-munozaralarni hal qiluvçi mutaxassislarni «medium»-«vositaçi» sözi bilan ifodalaşgan. Vositaçilarga alohida hurmat bilan munosabatda bölişgan. Ularni dohiylar va ruhoniylar bilan bir qatorga qöyişgan. Zamonaviy tuşunçalarda mediatsiya XX asrning ikkinçi yarmida AQŞ, Avstraliya va Buyuk Britaniyada rivojlana boşlagan. Yevropada mediatorlar oilaviy munozaralarni hal qilişga jalb qilingan.
Mediatsiya nima? Umuman olganda, mediatsiya - bahs-munozaralarni uçinçi betaraf tomon iştirokida tartibga solişga doir huquqiy texnologiya. Uşbu yönaliş özining ma'lum bir şartlari va tamoyillariga ega. Masalan:
- tomonlarning teng huquqliligi;
- ixtiyoriylik;
- özaro hurmat;
- konfidentsiallik;
- jarayonning şaffofliligi;
- mediatorning xolisligi.
Mediatsiya qaçon qöllaniladi? Mediatsiya suddan taşqari tartibda, bahs-munozarani sud tartibida körib çiqiş jarayonida, sudning qaror çiqariş uçun zalni tark etişidan oldin. Agar gap Hakamlik sudi haqida ketayotgan bölsa, şakl xuddi şunday böladi. Yodingizda bölsin: mediatsiyada iştirok etiş fakti aybga iqror bölişning isboti hisoblanmaydi!
Mediatsiya iştirokçilari. Jarayon iştirokçilari - tomonlar va mediator. Tomonlar şuningdek ham jismoniy, ham yuridik şaxslar bölişi mumkin. Tomonlar ham mediatorlar kabi ikki nafar va undan köp bölişi mumkin.












