19 aprelda imzolangan prezident qarori bilan, davlat aktivlari va yer uçastkalarini xususiylaştiriş hamda ijaraga beriş böyiça tuzilgan şartnomalar doirasida yuzaga keladigan nizolar va da’volarga nisbatan, birinçi navbatda, mediatsiya tartib-taomili qöllanadi.
Bunda, tomonlar professional mediatorni özaro kelişuv asosida, investitsiya, xususiylaştiriş va kapital bozorida tajribaga ega şaxslar orasidan tanlanadi.
Qarorda Davaktiv agentligi va boşqa idoralarga 3 oy içida mediatsiya tartib-taomilini amalga oşiriş tartibini işlab çiqib, tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritiş topşirilgan.
Xöş, xususiylaştiriş jarayonlarida investorlar va davlat organlari örtasida qanday nizolar kelib çiqişi mumkin, ularning asosiy sabablari nimada va nizolarni hal qilişda mediatsiya nima uçun kerak? Ayni savollarga Investitsiya institutlari milliy uyuşmasi raisi Bahodir Otaxonov Kun.uz'ga bergan intervyusida gapirib berdi.
— Uyuşmangiz xususiylaştiriş borasida investorlar bilan qanday işlaydi?
— Biz nodavlat-notijorat taşkilot bölib, yuridik şaxslar birlaşmasimiz. Asosiy a’zolarimiz investor va sotuvçilar, investitsiya vositaçilari hisoblanadi. Vositaçilar ikkala tomonning muammolaridan xabardor böladi, çunki u davlat va investor örtasida bitim imzolanişidan manfaatdor tomondir. Biz ikkala tomonning muammolaridan xabarimiz borligi uçun investor duç kelayotgan muammolarni davlat idoralariga yetkazamiz. Biz özimiz kötargan masalalardan töğridan töğri manfaat körmaymiz. Davlat idorasi va investor örtasida köprik bölib, muammolar ijobiy hal etilişi uçun harakat qilamiz.
— Xususiylaştirişdagi nizolarni hal qiliş uçun mediatsiya, bu nima degani özi?
— Mediatsiya töğrisida 2018 yildan beri amalda bölgan qonunimiz bor. Unda davlat idoralariga faoliyati davomida yuzaga keladigan nizolarni mediatsiya tartib-taomillari qöllansin degan topşiriq berilgan. Amalda unga rioya qilinişida oqsoqlik bölgan, qonunçilik amaliyotda köp qöllanmagani bois tajriba yetarli bölmagan.
Undan keyin nizolarni muqobil hal qilişning mexanizmlari böyiça 2020 yildan söng Adliya vazirligi bu sohada tartibga soluvçi organ etib belgilangan. Qonunçilik ança yetarli yölga qöyilgan, ammo uning ijrosida oqsoqlik bor.
Amaliyotda köp nizolar davlat organlari tomonidan sudda körilişi afzal deb bilingan. Sud tartib-taomili bilan köriladigan nizolar köp vaqt talab etadi va köpinça xarajatlar ham katta. Nizolar kelib çiqiş ehtimoli baland, ular böladi ham. Şuning uçun tadbirkorlar, investorlar sudda körilişini afzal körmagan. Bizning uyuşma Investitsiya institutlari milliy uyuşmasi bölib, asosan investorlar bilan işlaymiz, ular nizolarni sud tartibida körib çiqişni yakuniy, agarda boşqa heç qanday imkoniyat körilmagandagina boradigan çora deb bilişadi. Mediatsiya töğrisidagi qonun bilan bunday imkoniyat yaratilgan, ya’ni muqobil usul bilan nizolarni hal qilsa böladi degan imkon bor. Ötgan oy qabul qilingan prezident qarorida bunga yana bir bor urğu berilgan: nizo kelib çiqadigan bölsa, birinçi navbatda buni sudga muqobil bölgan mediatsiya yöli bilan hal qiliş nazarda tutilgan.












