15 iyul kunidan boşlab xorij mamlakatlari fuqarolari Özbekistonga kiriş vizasini oliş uçun diplomatik vakillik yoxud Özbekistonning çet ellardagi konsullik idorasiga rasmiy murojaat qilişi şart emas. Prezident Şavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni imzolagan hujjatda şunday deyiladi. Unga köra, çet el fuqarolari yangi taşkil etilgan «E-visa.uz» kiriş vizalarini rasmiylaştiriş tizimi orqali Özbekistonga kiriş huquqini beruvçi vizani qölga kiritişi mumkin.
Xorij mamlakatlari fuqarolari Özbekistonga kiriş elektron vizasini oliş uçun qanday ma'lumotlarga ega bölişlari kerak?
- www.e-visa.gov.uz havolasi orqali portalga murojaat qilinadi;
- individual yoki guruh bölib murojaat qiliş tartibi mavjud;
- murojaat berilgan kunni hisobga olmaganda 2 işçi kuni davomida körib çiqiladi;
- vizaning amal qiliş muddati rasmiylaştirilgan kundan boşlab 90 kun;
- 30 kunlik muddatga bir martalik kiriş uçun rasmiylaştiriladi;
- vizani rasmiylaştiriş narxi - 20 AQŞ dollari;
- kiriş hujjatlarini oliş soddalaştirilgan davlatlar fuqarolari uçun.
E-VISA'ni oliş uçun murojaat qiliş tartibi qanday?
- www.e-visa.gov.uz portaliga kiriş;
- Arizaçining ma'lumotlarini kiritiş;
- Surat va pasport skanini yuklaş;
- Elektron poçta orqali arizani tasdiqlaş;
- «VISA» xalqaro tölov tizimi orqali davlat bojini tölaş;
- Murojaat qayta işlanişining tugaşini kutiş;
- Elektron poçtadan vizaga berilgan sörovning holati haqida xabar oliş;
- Tayyor vizani çop etiş uçun konsultatsiyalar servisiga ötiş.
Konsultatsiyalar servisi vositasida murojaat holatini tekşiriş imkoni mavjud.












