Özbekistonga kiriş talablari 2018 yilda yengillaştirilgan. 2019 yilning 1 fevralidan 76 mamlakat fuqarolari Özbekistonga kiriş elektron vizasi (e-visa)ni oliş imkoniyatiga ega bölgan.

Şu kunlarda Reddit platformasidagi Özbekistonga oid bölimda mamlakatga kelmoqçi bölgan sayyohlar e-visa platformasi yaxşi işlamayotgani haqida yozişmoqda.

Spocksays taxallusli foydalanuvçi e-visa platformasida ariza beriş uçun 5 marta urinişiga qaramay, qayta-qayta texnik xatolik yuz beraverganini aytgan.

“Men bir amallab tölov qilinadigan bosqiçgaça yetib borsam ham, tölov amalga oşmayapti. Yana tölaşga harakat qilaman, tölov amalga oşirildi deb çiqadi, lekin men aniq bilaman: kartamdan pul yeçib olingani yöq. Oxir-oqibat, tölov holatidan qat’i nazar, tasdiqlovçi elektron xat kelmaydi.

Kimdir tölovni muvaffaqiyatli amalga oşirib, bu çiqindi saytdan viza rasmiylaştira oldimi? Men şunçaki Özbekistonga borib oş yeb körib, sayyoh sifatida mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltirmoqçi edim. Turizm vazirligi bu imkoniyatni boy bermoqda”, – deydi foydalanuvçi.

Yana bir foydalanuvçi yuqoridagi fikrlarga qöşilib, saytning yaxşi işlamasligi haqida yozgan.

“Haqiqatan ham bu – çiqindi sayt. Oxirgi marta sinab körganimda uni işga tuşiriş uçun biroz vaqt kerak böldi – işlagan kredit karta “Chase reserve” kartasi bölgan va sayt faqat Çrome'da işlagandi. Bundan taşqari, elektron xatlar spam toifasiga tuşişi mumkin – bu odamni çarçatadi”,– deya oğringan u.

Yana bir foydalanuvçi bir neça hafta oldin elektron viza olgani va u ham xuddi şunday muammoga duç kelganini ta’kidlagan.

“Men duç kelgan birinçi muammo – pasportimdagi surat bilan va fotosuratimning ölçamlari bir xil emasligi edi. Keyin men ham sizdagi kabi muammoga duç keldim va tasdiqlaş xatini olmagunimça qayta-qayta urinaverdim. Bundan taşqari, elçixona ham javob bera qolmaydi, şuning uçun afsuski qayta-qayta urinib köraverişdan boşqa ilojingiz qolmaydi”, – deydi u.