Joriy yilning 24 oktabr holatiga köra, Özbekistonga keliş niyatida elektron viza oliş uçun ariza topşirgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari soni 17 218 nafarni taşkil qilmoqda. Bulardan 11 263 nafari - erkaklar, 5 955 nafari esa ayollardir.
Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning KUN.UZ'ga ma'lum qilişiça, bugunga qadar 16 919 kişi E-visa tizimi orqali Özbekistonga kiriş vizasini qölga kiritgan. 280 nafar xorij fuqarosining arizasi körib çiqilmoqda. 19 nafari rad javobini olgan.
Özbekistonga kiriş vizasi uçun ariza topşirganlar soni böyiça Xitoy 4 469 kişi bilan yetakçilik qilmoqda. Undan keyingi örinni 1 696 fuqaro bilan AQŞ egallab turibdi. Hindiston 1 587 nafar fuqarosi bilan elektron viza statistikasining uçinçi poğonasida joylaşgan.

Şuningdek Buyuk Britaniya (1 413), Fransiya (1018), Germaniya (895) va Italiya (840) fuqarolari ham elektron viza körsatkiçlari böyiça yuqori natijalarni qayd etgan.
















