5 iyul kuni Toşkentdagi «Coca-Cola» zavodida futbol böyiça jahon çempionatiga çipta yutib olgan 20 nafar omadli insonlarni kutib oliş marosimi bölib ötdi.

Aktsiyada ğolib bölgan 20 nafar iştirokçi 3 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida, JÇ-2018 nimçorak finali doirasidagi Şvetsiya - Şveytsariya örtasidagi öyinni "Zenit Arena" stadionidan tomoşa qiliş imkoniyatiga ega bölişdi. Rossiyadan qaytib kelgaç ğoliblarga zavod böylab ekskursiya taşkil etildi. Ular öz orzulari uşalişiga yordam bergan kompaniyaning tarixi, faoliyati bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega böldilar.

«Coca-Cola» va «Coca-Cola Zero» markali içimliklar yordamida ötkazilgan aksiya 9 apreldan 15 iyunga qadar butun Özbekiston Respublikasi böylab davom etdi. Aktsiyada jami 20 dona çipta va 0,5 litr hajmdagi 1,620,000 dona içimlik öynaldi. Uşbu aksiyada kumuşrang qopqoqli, promo-kodli, maxsus reklama etiketkasiga ega bölgan 0,5 litrli «Coca-Cola Classic» ichimligi iştirok etdi.

«Özbekistonning 20 nafar fuqarosiga futbol böyiça Jahon çempionatining keskin ötgan va hissiyotlarga töla bölgan öyinini tomoşa qiliş imkoniyatini yaratib berganimizdan xursandmiz. Ular unikal imkoniyatga ega bölişdi, sababi «Coca-Cola» - Jahon çempionatining global hamkori - uşbu aksiyani bizning mintaqada hamma davlatlarda ham ötkazgani yöq. Undan oldinroq «Coca-Cola» FIFA bilan hamkorlikda Jahon çempionati kubogini Toşkent şahriga olib keldi hamda 2000ga yaqin muxlis uni yaqindan köriş va rasmga tuşiş baxtiga muyassar böldi.
Kompaniyaning maqsadi – dunyodagi barça insonlarning yuraklarini birlaştiriş va ijobiy hissiyotlarni uyğotiş. Jahon çempionati va Olimpiada öyinlari kabi global musobaqalarga homiylik qiliş mana şu maqsad yölidagi işlar hisoblanadi. Özbekistonning barça fuqarolariga bizning reklama kampaniyalarimiz va takliflarimizni kuzatib borişlarini tavsiya qilaman, axir «Coca-Cola» butun dunyoga özining yangiliklari bilan maşhur, hamyurtlarimizni yangiliklar bilan quvontirişda davom etamiz», deydi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston» boş direktori örinbosari U.T.Turdiyev.












